Pogba yozda sobiq jamoasiga qaytadi

Tuttosport nashrining yozishicha, Turinning “Yuventus” klubi yozgi transfer vaqtida “Manchester Yunayted” havbeki Pol Pogbani ortga qaytarmoqchi.
Manbaning qo'shimcha qilishiga ko'ra, “keksa sinoralar” mankunianliklarga Pogbaning transferi uchun Adrien Rabo yoki Paulo Dibalani qo'shib berishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Pogba “keksa sinoralar” safida 4 mavsumni o'tkazgan va yana Angliyaga qaytgan.