"PSJ" sport direktori Leonardo "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani Parij jamoasida ko'rishni orzu qiladi. Bu haqida jurnalist Daniel Longo xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Leonardo Pogbaning potentsial transferini uning agenti - taniqli Mino Rayola bilan muhokama qilgan. "PSJ"dan tashqari, Turinning "Yuventus" klubi Pol Pogbaga da'vogarlik qilmoqda.

 

2020/2021 yilgi mavsumda Pogba "Manchester Yunayted" tarkibida 26 ta o'yin o'tkazdi. Uning 3 ta goli va 3 ta golli uzatmasi bor.