Pogba "Manchester Siti"dan tushgan taklifga rad javob berdi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Manchester Siti" jamoasiga o'tishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchi Angliya premer-ligasida o'ynashni istamayapti va chempionatni o'zgartirish niyatida. Futbolchiga "PSJ", "Real" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.
29 yoshli futbolchining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. U joriy mavsumda “qizil iblislar” safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Manchester Yunayted" kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynash imkoniyatini yo'qotdi.