Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi Joze MOurino ketgach qarorini o'zgartirgan va u asosiy tarkibga qaytish uchun kurashmoqchi.

Avvalroq, 25 yoshli futbolchi “Old Trafford”ni qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.