Pogba Belgiya chempionatiga yo'l oldi

Belgiyaning "Ekselsior Virton" jamoa markaziy himoyachi Florentin Pogba bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi hisoblanadi. Uning avvalgi jamoasi Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasi bo'lib, u 2023 yilning avgustida uni tark etgan.
"Ekselsior Virton" Belgiya chempionatining uchinchi divizionida o'ynaydi.