Pochettino sotib olinishi kerak bo'lgan yarim himoyachilar ro'yxatini tuzdi

"Chelsi" ushbu yozda yarim himoyani to'g'irlashga harakat qiladi. Xabarlarga ko'ra, Maurisio Pochettino bo'shab qolgan maydon markazini bir nechta futbolchilar bilan to'ldirmoqchi.
Mutaxassis Short-listidan Moyses Kaysedo, Rayan Sherki va Gabri Veyga o'rin egallagan. "Chelsi" so'nggi ikki hafta davomida N'Golo Kante, Mateo Kovachich, Ruben Loftus-Chik, Kay Xaverts va Meyson Mauntdan ayrilgan edi.
Manba: teamtalk.com