Pochettino o'z jamoasida 60 millionlik hujumchini ko'rmoqchi

Maurisio Pochettino "Chelsi" hujumiga kimni olib kelishni biladi. Xabarlarga ko'ra, "Inter" futbolchisi Lautaro Martines argentinalik mutaxassis radarida turibdi. Ayni damda Jahon chempioni uchun milanliklar 60 million funt talab qilmoqda.
U yangi mavsumda "Chelsi" safida Obameyang o'rnini egallashi mumkin. Martines o'tgan mavsumda 28 ta golga mualliflik qilgan. Unga "MYu" ham da'vogar sanaladi.
Manba: caughtoffside.com