Pochettino "Chelsi"ga kelmasdan jamoaga ikki futbolchi jalb etilishini istamoqda

"Chelsi" o'z qo'shnisidan ikki futbolchi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, jamoaning bo'lajak murabbiyi Maurisio Pochettino "Brentford"dan David Rayya va Ayvan Taunini xarid qilishni istamoqda.
Bu mavsumda Tauni 21 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan. 27 yoshli hujumchi "Arsenal" radarida turibdi. Rayya esa Eduar Mendi o'rnini egallashi mumkin.
Manba: caughtoffside.com