Pike Frantsiya chempionati translyatsiya qilish huquqini sotib oldi

"Barselona" klubi himoyachisi Jerard Pike "Kosmos Holding" kompaniyasi orqali Frantsiya chempionatini Ispaniyada translyatsiya qilish huquqini sotib oldi.
Ma'lum bo'lishicha, ular Messining "PSJ" safida debyut bahsini translyatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi yaqinda "Barselona" klubidan Parij klubi safiga yo'l oldi.