Perishich Xorvatiyaga qaytishi mumkin

Yarim himoyachi Ivan Perishich Xorvatiyaga qaytishga yaqin turibdi. Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, 34 yoshli futbolchi faoliyatini “Xayduk”da davom ettirishi mumkin.
Aynan "Xayduk"da Perishich futbolchilik faoliyatini boshlagan. Keyinchalik u Frantsiyaning "Sosho" jamoasiga o'tgan.
"Tottenxem" bilan shartnomasini bekor qilgan Ivan Perishich "Xayduk"ga o'tishi kutilmoqda. London klubida xorvatiyalik yarim himoyachi atigi mavsum o'tkazdi.