«Barcelona» hujumchisi Pedri agar u futbolchi bo'lmaganda qaysi kasbni tanlashi mumkinligi  haqida gapirdi.

"Maktabda men barcha fanlardan eng yuqori baho olganlardan edim. Agar men futbolchi bo'lmaganimda, o't o'chiruvchi bo'lishni xohlardim", - dedi Pedri.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi ayni damda Evro-2020 turnirining barcha o'yinlarida maydonga tushdi.