"Kristal Pelas" ustozi Patrik Vieyra Albert Sambi-Lokonga transferi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Men bu borada Arteta bilan emas, Edu bilan gaplashdim. U menga bu futbolchi haqida barcha ma'lumot va taassurotlarni berdi. Endi biz qanday futbolchini olganimizni yaxshi bilamiz. U bizga yordam bera oladi".

Sambi-Lokonga mavsum oxiriga qadar "Arsenal"dan ijaraga olingan edi.

Manba: caughtoffside.com