"Parma" Vaskes transferini e'lon qildi

Ispaniyaning "Sevilya" klubi sobiq yarim himoyachisi Franko Vaskes Italiyaning "Parma" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Franko Janluiji Buffonning jamoadoshiga aylandi.
Taniqli janubiy amerikalik 2023-yil yozigacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi. Shartnomada hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishga imkon beruvchi band mavjud.
"Parma" keyingi mavsumda B seriyasida o'ynaydi.