Onana «Ayaks»ni tark etishini e'lon qildi

Darvozabon Andre Onana yozgi transfer paytida «Ayaks»ni tark etish niyati borligini ma'lum qildi.
«Meni noto'g'ri tushunmang, men «Ayaks»dan roziman va klubga minnatdorchilik bildiraman. Bu erda ajoyib 5 yilni o'tkazdim. Endi esa navbatdagi qadamni tashlaydigan payt keldi.
Biz klub bilan bir yil avval kelishib olgan edik. Vaziyat qanday rivojlanishini bilmadim, ammo men ambitsiyalarim va kelishuvim aniq», – dedi Onana.
Kamerunlik posbonga «Barselona», «Chelsi» va «PSJ» klublari da'vogarlik qilmoqda.