Turkiyaning “Galatasaroy” klubi Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma imzolamoqchi. Turklar gabonlik hujumchi uchun yana bir taklif tayyorlamoqda. Hujumchi bo'yicha birinchi taklifni Londonning "Chelsi" klubi rad etgandi.

Avvalroq Per-Emerikni Saudiya Arabistoniga o'tishi haqida ma'lumot tarqatilgan edi. Taxminlarga ko'ra, hujumchining o'zi Benzema, Kante, Ronaldu va Kulibalining izidan borishni istamadi.

"Chelsi" Obameyangni "Barselona"dan 12 million funt evaziga sotib olgandi.