"Nyukasl Yunayted" uni tekinga qo'yib yubormoqchi

"Nyukasl Yunayted" o'z futbolchisini tekinga qo'yib yuboradi. Xabarlarga ko'ra, jamoa himoyachisi Emil Kraftga yangi bitim taklif etilmaydi. 28 yoshli himoyachi o'tgan mavsumni jarohat sababli o'tkazib yuborgan edi.
Shu sabab u jamoaga yordam bera olmagan. Eddi Xauga Kraft kerak emas. Shu tufayli u keyingi yozda erkin agent sifatida jamoadan ketadi. Shvetsiya terma jamoasi a'zosi EChLda o'ynashga umid qilmoqda.
Manba: caughtoffside.com