"Nyukasl Yunayted"ga yana uchta yangi futbolchi kerak

"Nyukasl Yunayted" avgust oxirigacha uchta futbolchi xarid qilishni niyat qilgan. Xabarlarga ko'ra, Eddi Xauga yangi mavsum oldidan ikkita himoyachi va bir yarim himoyachi zarur.
Jamoa yaqindagina Allan Sent-Maksimendan ayrilgan edi. Shu sabab uning o'rniga hujumkor yarim himoyachi xarid qilish maqsad qilingan. Shuningdek, markaziy himoyachi va chap qanot himoyachisi ham jamoa uchun zarar qilmaydi.
Manba: caughtoffside.com