"Nyukasl" yarim himoyachi borasida harakat boshlagan. Xabarlarga ko'ra, Eddi Xauga EChL uchun tajribali futbolchilar zarur. Shu sababli "qarg'alar" "Yuventus" xavbeki Adrien Raboga taklif yuborishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Frantsiya terma jamoasi a'zosi tez orada erkin agentga aylanadi. "Yuventus" u bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas. "Nyukasl" Raboga haftasiga 82 ming funtlik bitim taklif etadi.

Manba: caughtoffside.com