"Nyukasl" yangi hujumchi xarid qiladi

"Nyukasl" yangi futbolchiga ega bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, "Uotford" hamda "Nyukasl" Joao Pedro xaridi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, yosh hujumchi uchun "qarg'alar" 25 million funt to'lab beradi.
Yana qo'shimcha 5 million funt bonus ham mavjud. Pedro esa "Nyukasl" bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Manba: caughtoffside.com