"Nyukasl" yozda yarim himoya uchun variantlar qidirmoqda. Xabarlarga ko'ra, dunyoning eng boy klublaridan biri APLning uchta yulduzi "qarg'alar" radarida turibdi. Meyson Maunt, Jeyms Uord-Prouz va Xarvi Barns Eddi Xau jamoasiga yo'l olishi mumkin.

"Nyukasl" keyingi mavsumdan evrokuboklardan ishtirok etishi mumkin. Shu sababdan o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Manba: caughtoffside.com