"Nyukasl" turk futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

"Fenerbaxche" futbolchisi APLga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Nyukasl" Istanbul jamoasi yulduzi Arda Gyulerga qiziqish bildirmoqda.
18 yoshli yarim himoyachi ko'plab klublar e'tiboriga tushgan. Ular ichida "PSJ", "Ayaks" va "Barselona" bor.
Ayni damda Gyuler 20 million evroga baholanmoqda. Yosh yulduz o'tgan mavsumda 6 ta gol va 7 ta assist qayd etgan edi.