"Nyukasl" yaqin davr ichida yangi transferni e'lon qiladi. Bu haqida Fabritsio Romano ma'lum qildi. Unga ko'ra, "Everton" futbolchisi Entoni Gordon 5 yillik shartnoma bilan "qarg'alar" safiga o'tgan.

Transfer narxi 40 million funtni tashkil etadi. Shuningdek, 5 million funtlik bonuslar ham mavjud. Shartnoma allaqachon imzolangan va Gordon bir necha soatlar ichida rasman tanishtiriladi.

Manba: caughtoffside.com