Mashhur jurnalist Din Jons "Nyukasl"ning yozdagi nishoni bo'lgan Yugo Ekitike haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Bu yigitchada juda katta potentsial bor. Agar shu zaylda davom eta olsa, bir necha yil ichida u Evropda eng yaxshi hujumchiga aylanadi. Bunga shubham yo'q".

19 yoshli futbolchi "Reyms"da harakat qilmoqda. U uchun qo'yilgan narx 25 million funtni tashkil etadi. Ekitike hisobida hozirga qadar 13 ta gol bor.

Manba: caughtoffside.com