"Nyukasl" o'z hujumchisi bilan yangi bitim borasida muzokaralar boshlaydi

"Nyukasl Yunayted" o'z futbolchisi bilan yangi bitim tuzadi. Xabarlarga ko'ra, "qarg'alar" Joelinton bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlaydi. Braziliya terma jamoasi a'zosi hozirgi tarkibda muhim o'ringa ega.
U 40 million funt evaziga "Xoffenxaym"dan xarid qilingan edi. Eddi Xau Joelintonni kerakli vakil deb biladi. Avvalroq "Nyukasl" Brunu Gimaraynsh bilan 2028 yilga qadar bitimni uzaytirgani haqida xabar qilingandi.
Manba: caughtoffside.com