«Nyukasl»ning saudiyalik xo'jayinlari «Barselona»ning ikki yulduziga ko'z tikishdi

«Nyukasl»ni xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishgan Saudiya Arabistonidagi jamg'arma raisi Muhammad bin Salmon ilk transferlarni rejalashtirmoqda.
"Daily Mirror" tarqatgan xabarga ko'ra, rahbariyat kelajakda jamoa safiga «Barselona»ning ikki yulduzi — yarim himoyachi Filipe Koutino va hujumchi Antuan Grizmanni olib kelmoqchi. Ushbu transfer kelayotgan yozda amalga oshirilishi mumkin.