«Nyukasl» klubi yaponiyalik o'yinchisi Yoshinori Muto transferi yuzasidan Gretsiyaning «Aris Saloniki» jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Yarimhimoyachi klubda haftasiga 54 ming funt maosh oladi va jamoaga kelgandan buyon muvaffaqiyatsiz mavsumlar o'tkazgan. Bosh murabbiy Stiv Bryus bu masala yuzasidan echim qidirilayotganini aytib o'tdi.

Ma'lumot uchun, Muto 2018 yilda «Nyukasl»ga Germaniyaning «Mainz» klubidan kelib qo'shilgan. U shu davr mobaynida APLda ikkita golga mualliflik qilgan, xolos.

Manba: bbc.com