"Nyukasl" Italiyadan himoyachi sotib olishi mumkin

"Nyukasl" yozda himoyachi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Torino" futbolchisi Perr Sxyurs "qarg'alar" radarida turibdi. Niderlandiyalik futbolchi 2022 yilning yozida "Ayaks"dan xarid qilingan edi.
23 yoshli himoyachi Eddi Xauga kerakligi aytilgan. U "Nyukasl" safida Sven Botman bilan yaxshi tandem hosil qilishi mumkin.
Manba: caughtoffside.com