"Nyukasl" "Barselona" vingeri Rafinya uchun kurashga kirishdi. Avvalroq braziliyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Xabaringiz bor, Rafinya avvalroq Premer-ligada o'ynagan. Kataloniyaga ko'chib o'tishdan oldin qanot hujumchisi "Lids"da o'ynagan.

Manbaga ko'ra, Rafinyaning o'zi "Barselona"da uzoqroq muddat qolishga moyil. "Barselona"da o'ynash uning bolalikdagi orzusi.