"Nyukasl" futbolchisiga xaridor paydo bo'ldi. Dunyoning eng boy klubi yozda o'z futbolchisi Allan Sent-Maksimenni sotish niyatida ekani haqida xabar qilingan edi.

26 yoshli vinger uchun "Milan" jiddiy qiziqish bildira boshladi. Frantsuz futbolchisining "Nyukasl" safidagi shartnomasi 2026 yilda o'z yakuniga etadi.

Manba: caughtoffside.com