"Nyukasl" vingeri Allan Sen-Maksimen "Al-Ahli"ga o'tishni yakunlash arafasida. Frantsiyaning L'Equipe nashri xabariga ko'ra, futbolchi ertaga yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Sen-Maksimenning Saudiya Arabistoniga transferi 25 million evroga baholanmoqda. Yangi jamoada Allan Eduard Mendi, Riyod Maxrez, Roberto Firmino va Riyod Budebuz kabi futbolchilar bilan birga o'ynaydi. Ro'yxatdagi barcha futbolchilar avvalroq "Al-Ahli"ga ko'chib o'tishgan.

Sen-Maksimen o'tgan mavsumda Premer-ligada bitta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Frantsiyalik futbolchi “Nitstsa”dan ko'chib o'tganidan keyin 4 yil tumanli Albionda o'ynadi.