"Nyukasl" Fredni APLga qaytarmoqchi

"Nyukasl Yunayted" yarim himoyachi sotib olishi kerak. Jamoa ehtimoliy variantlar ichiga sobiq "MYu" futbolchisi Fredni ham qo'shdi. Braziliyalik yarim himoyachi shu yozda "qizil iblislar" safini tark etgandi.
Hozir u Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi sharafini himoya qiladi. Eddi Xau uni Sandro Tonali o'rniga jamoasiga taklif etishi mumkin. Fred bu mavsumda 12 ta o'yinda maydonga tushgandi.
Manba: bbc.com