"Nyukasl" yozda hujumchi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Sporting" futbolchisi Fransisko Trinkao uchun "qarg'alar" da'vogarlik qiladi. 23 yoshli portugaliyalikning transfer huquqi "Barselona"ga tegishli.

Trinkaoning ayni damdagi transfer narxi 7 million evroni tashkil etadi. Hujumchi joriy mavsumda 41 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qildi.

Manba: caughtoffside.com