"Nyukasl" 58 million evroga darvozabon xarid qilmoqchi

"Portu" darvozaboni Diogu Koshta Portugaliya Primerasini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin. Bu haqda JN nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli darvozabon xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. “Nyukasl” rahbariyati 58 million evroga Koshtani xarid qilmoqchi. Kelishuv qishki transfer oynasida yakunlanishi mumkin.
Diogu "Portu" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 2016 yildan buyon “ajdarlar” sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliya terma jamoasidagi ikkita o'yin o'tkazgan.
Joriy mavsumda Primera Koshta oltita o'yin o'tkazdi va shulardan to'rttasida darvozani daxlsiz saqlab qoldi.