"Nottingem Forest" "Chelsi" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Chelsi"ning belgiyalik hujumchisi Mishi Batshuayi "Nottingem Forest"ga o'tishga yaqin turibdi.
Forvardning "ko'klar" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Belgiyalik futbolchini Transfermarkt portali 10 mln evroga baholagan.
28 yoshli Batshuayi 2016 yilning yozida 39 million evro evaziga "Marsel"dan "Chelsi"ga o'tgandi. U "aristokratlar" safida jami 77ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan. "Chelsi"ga o'tgandan so'ng, Batshuayi bir necha bor ijaraga berildi: Dortmundning "Borussiya", "Valensiya", Londonning "Kristal Pelas" jamoalarida ijara asosida o'ynagan. Mishining so'nggi jamoasi Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi bo'lib, u erda 42 ta o'yinda 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mishi 2015 yildan beri Belgiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda, terma jamoa bilan birgalikda 2018 yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.