"Nottingem Forest" bosh murabbiyi mag'lubiyat haqida gapirdi

"Nottingem" ustozi Stiv Kuper "Fulxem"ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U shunday deydi:
"O'yinimizda kamchiliklar bor edi. Futbolda arzimaydigan narsaning o'zi yo'q. Hamma narsa muhim. Biz o'z xatolarimiz sabab jazolandik. 12 oy oldin qaerda bo'lganimizni bilamiz. Shu sabab APLning har bir bahsi bizga qadrli. Biz saboq oldik. Birgalashib vaziyatni to'g'irlashga harakat qilamiz".
Kecha "Nottingem" o'z maydonida "Fulxem"dan 3-2 hisobida mag'lubiyatga uchragan.
Manba: teamtalk.com