"Nottingem" darvozabon borasida muzokara o'tkazmoqda

"Nottingem Forest" darvozabon sotib olishi kerak. Xabarlarga ko'ra, londonliklar "Manchester Yunayted" bilan Din Xendersonni butunlay sotib olish borasida muzokaralar o'tkazmoqda. 26 yoshli futbolchi "MYu" bilan 12 yildan beri birga edi.
U o'tgan mavsumni "o'rmonchilar" bilan birga o'tkazgan. Avvalroq Xenderson "MYu" bilan birga AQShga bormasligi haqida xabar qilingan. Shuningdek, Stiv Kuper jamoasi "Vulvz" posboni Joze Saga ham qiziqish bilan qaramoqda.
Manba: bbc.com