Yarimhimoyachi Emiliano Buendia klubini o'zgartirdi. 

Argentinalik futbolchi «Aston Villa» o'yinchisiga aylandi. U JCh-2022 saralashi doirasidagi Argentina — Kolumbiya bahsidan keyin birmingemliklar uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

Transfer qiymati 30 mln funtni tashkil qildi. Bu — «Norvich» uchun rekord. 

Avvalroq Buendiaga «Arsenal» ham qiziqayotgani xabar qilingandi. 

24 yoshli havbek o'tgan mavsumda Chempionshipda 15ta gol urib, 16ta golga assistentlik qilgan.