"Nitstsa"da yangi murabbiy varianti paydo bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, "Bornmut"ning sobiq bosh murabbiyi Skott Parker "Nitstsa"da ish boshlashi mumkin. Ayni damda nitstsaliklar ustozi Lyusen Favr katta bosim ostida qolgan.

U tez orada ishdan olinishi mumkin. Chunki uning jamoasi Frantsiya chempionatida 13 o'ringa tushib ketgan. Parker esa APLning yangi mavsumida ishdan olingan ilk murabbiy bo'lgan edi.

Manba: caughtoffside.com