Neymar va Grizmann bir jamoada o'ynamoqchi

“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann va PSJ forvardi Neymar “Barselona”ga o'tishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining xabar beriishicha, frantsiyalik va braziliyalik futbolchi kataloniya klubida o'ynashni istayotgan ekan.
Grizmann – “Barselona”ning asosiy maqsadi. Klubda uni Koutinoga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Jahon chempioni o'tgan yozda “Barselona”ga o'tmaganligidan pushaymon bo'ldi va bu yil o'tgan yilgi xatoni to'g'ilashni istamoqda.
Shuningdek Neymar ham “ko'k-anorranglilar” safini tark etganidan afsusda. Biroq uning transferini amalga oshirish ancha murakkab.
Grizmanning tovon puli iyul oyiga kelib 200 mlndan 120 mlnga pasayadi. U ketishi haqida allaqachon ma'lum qilib bo'ldi.
PSJ Neymarniqo'yib yuborish niyati yo'q. Agarda parijliklar uni qo'yib yuborish niyatlari bo'lganida “Barselona” ushbu kelishuvga Dembeleni qo'shar edi.