«PSJ» hujumchisi Neymar mazkur yozgi transfer paytida «Barselona»ga o'tmaydigan bo'ldi.

27 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safidagi o'zining sobiq jamoadoshlariga transfer amalga oshmasligini aytgan. Bundan braziliyalik futbolchining xafsalasi pir bo'ldi. Boisi, u "Kamp Nou"ga ko'chib o'tish uchun bor kuchini sarflagan edi.

"PSJ" mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun "Barsa"ning 3 futbolchisi va 130 million evro so'radi. Ivan Rakitich va Jan-Kler Todibo "Pari Sen-Jermen"ga o'tishga rozi bo'lishdi, ammo Usmon Dembele Kataloniyani tark etishni istamadi.