“Liverpul” darvozaboni Simon Minole faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

A Bola nashrining xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga “Benfika” klubi qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, jamoa “Yuventus” darvozaboni Mattia Perin bilan kelisha olmagandi.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli posbonning transfer narxi taxminan 8 million evroga baholanmoqda.