"Napoli" "Torino" markaziy himoyachisi Alessandro Buondjornoni o'z safiga qo'shib olish uchun yangi taklif tayyorlamoqda, deya xabar beradi Fabritsio Romano.

Klublar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar shu hafta bo'lib o'tadi, neapolliklar muzokaralarda oldinga siljishga va kelishuvni yopishga harakat qilmoqda.

Yangi taklifning umumiy qiymati 35 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Evro-2024 boshlanishidan oldin neapolliklar Italiya terma jamoasi o'yinchisiga 30 million evro + 5 million bonus va/yoki o'yinchi taklif qilishayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq "buqalar"ning talabi kamida 45 million edi.

O'tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi 31 o'yinda 3 ta gol urgan. U Evropa chempionatiga chaqirilgan, biroq biror marta ham o'ynamagan.