Insayder Nikolo Skiraning fikricha, "Real Sosedad" markaziy himoyachisi Robin Le Norman faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

Neapolliklar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan, Robin "Bavariya"ga o'tishi kerak bo'lgan Kim Min Chje o'rniga nomzod sifatida ko'rilmoqda.

"Real Sosedad" ispaniyalik futbolchini 50 million evroga baholagan.

Robin o'tgan mavsumda 41 ta o'yin o'tkazdi.