«PSV» yarim himoyachisi Irving Losano «Napoli» a'zosiga aylandi. Neapolliklar 24 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi.

«Napoli» meksikalik o'yinchi uchun 38 million evro to'laydi. "PSV" esa ushbu summaning 20 foizini Lasanoning avvalgi jamoasi — «Pachuka»ga o'tkazib beradi.