"Napoli" portugaliyadan himoyachi topdi

Italiyaning «Napoli» klubi chap qanot himoyachisi izlamoqda. Neapolliklar Portugaliyaning «Benfika» himoyachisi Nunu Tavarish bilan kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchining transfer narxini 5 million evro atrofida baholamoqda. Futbolchining «Benfika» bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Joriy mavsum Tavarish 16 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golga assistenlik qildi qildi.