Italiyaning “Napoli” klubi “Fulxem”dan yarim himoyachi Andre-Frank Zambo-Angisseni 15 million evro evaziga sotib oldi. Kamerunlik futbolchi neapolliklar klubi bilan shartnoma imzolagan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Zambo-Angissa "Napoli"da ijara asosida o'ynadi, chunki futbolchi "Fulxem" tarkibida chempionshipda o'ynashni istamagandi. Kamerunlik futbolchi 2018 yilning yozida "Fulxem" safiga kelib Frantsiyaning "Marsel" jamoasidan kelib qo'shilgandi.

Shu tariqa, Zambo-Angissa joriy mavsumda “Napoli”ning birinchi yangi futbolchisiga aylandi.