"Napoli" "Yuventus"ga o'tayotgan Arkadiush Milikni transferi summasining 30 foizini olishi kerak. Eslatib o'tamiz, "Marsel" hujumchisi tez orada "keksa sinora" bilan shartnoma imzolashi kerak.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Marsel" va "Napoli" o'rtasidagi kelishuvda neapolliklar futbolchining keyingi sotuvining 30 foizini olishi haqida band bo'lgan.

Milik "Yuventus"ga 10 million evroga tushadi, "Napoli" bu summadan 3 million oladi. Eslatib o'tamiz, Turinda polshalik hujumchini "Atletiko"ga qaytib ketgan Alvaro Morataning o'rnini egallashi kerak.