«Napoli» futbol klubi sport direktori Kristiano Gintoli «Xetafe» himoyachisi Matias Oliveyra va gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliyani qo'lga kiritish istagi borligini ma'lum qildi.

«Biz Oliveyra va Kvaratsxeliya bilan shartnoma imzolashdan manfaatdormiz», - deya Gintoliningg so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano o'zining tvitterdagi sahifasida.

OAV xabariga ko'ra, Kvaratsxeliya allaqachon «Napoli» bilan 5 yillik shartnoma imzolashga rozi bo'lgan.

Avvalroq, «Rubin» va 21 yoshli Kvaratsxeliya shartnomani bekor qilishga kelishib olgani ma'lum bo'lgandi. 31 martdan boshlab Xvicha Batumining «Dinamo» jamoasida o'ynamoqda.