"Napoli" himoyachisi APLdan qiziqishlarga sabab bo'lmoqda. Xabarlarga ko'ra, neapolliklar futbolchisi Kim Min-Je "MYu" radariga tushgan.

Bu haqida Janluka di Martsio o'z sahifasida yozdi. Koreyalik futbolchining tovon puli 50 million funtni tashkil etadi. U yangi mavsumda o'z jamoasining asosiy futbolchisiga aylangan.

Manba: caughtoffside.com