"Napoli" futbolchisi Saudiya chempionatiga ko'chib o'tishga rozi bo'ldi

Polshalik yarim himoyachi Pyotr Zelinski Italiyaning “Napoli” klubidan Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubiga o'tadi.
29 yoshli polshalik futbolchi Saudiya jamoasiga o'tishga rozi bo'ldi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. "Al-Ahli" rasmiy transfer taklifi bilan chiqdi va javob kutmoqda.
Pyotr 2016 yilning yozida "Udineze"dan "Napoli"ga o'tgan va 7 mavsumni neapolliklar safida sifatida o'tkazgan.
O'tgan mavsumda Zelinski "Napoli" safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.